Jahon

AQSH va Xitoy o‘rtasida “chiplar jangi” boshlandi

Vashington chiplardan yangi turdagi qurol yaratilishidan xavotirda.

AQSH va Xitoy o‘rtasida “chiplar jangi” boshlandi

AQSH Xitoyga yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berishni butunlay to‘xtatmaydi. Bu haqda mamlakat savdo vaziri Jina Raymondo maʼlum qildi. Ayni paytda Xitoy ishlab chiqarishni rivojlantirishda davom etmoqda.

 

Xalqaro ekspertlarning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Xitoy armiyasi harbiy qudrat jihatidan o‘z armiyasidan o‘zib ketishidan xavotirda. Buning uchun amerika texnologiyalari, jumladan, chiplardan foydalanish mumkin. O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar tomonidan Xitoyga chiplar va yarimo‘tkazgichlar importiga cheklovlar kiritilishiga javoban Pekin ularni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqda.

 

Xitoy 5G texnologiyasi parametrlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi yangi chipni taqdim etdi. Bu xarajatlarni kamaytiradi va har xil turdagi 5G tayanch stansiyalari uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan birinchi mahalliy ishlab chiqarilgan chip hisoblanadi. U radio to‘lqinlar va raqamli signallar o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydi.

 

Yarimo‘tkazgichlar Vashington va Pekin o‘rtasidagi yana bir jang maydoniga aylandi. O‘tgan yili Oq uy Xitoyga chiplar eksportini cheklagan edi. Mutaxassislar bunday xatti-harakatlarni AQSHning yuqori texnologiyalar bozorida yetakchi bo‘lib qolish istagi bilan izohlamoqda. Yaqinda “Financial Times” ham Xitoyga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi mumkinligi haqida yozgan edi. Ushbu fonda Xitoy kompaniyalari Amerikaning «Nvidia» ishlab chiqaruvchisidan chiplarni ommaviy ravishda sotib olishmoqda. Buyurtmalar miqdori 5 milliard dollarga yetdi.

 

Pekinda mikrochiplar tayyorlash uchun ishlatiladigan metallar cheklangan. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq ikki tomonlama eksport nazorati ro‘yxatiga tuzatishlar kiritadi va takomillashtiradi. XXR chiplar ishlab chiqarish uchun miqdori 5 milliard dollar bo‘lgan uskunalar ham sotib oladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ko‘pdir.

 

Bir yil oldin AQSH Kongressi Chip va fan qonunini qabul qildi. Mahalliy mikrosxemalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun tarmoqqa qariyb 280 milliard dollar yo‘naltirildi. Bundan tashqari, bunga jalb qilingan zavodlar 4 yil muddatga soliq to‘lovlaridan qisman ozod etildi. Tahlilchilarga ko‘r, Vashington o‘zining boshqa davlatlarga qaramligini kamaytirish, va albatta, xavfsizlikni oshirish maqsadida yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliylashtirish niyatida.

 

“Pandemiya davrida biz yarimo‘tkazgichlardan foydalana olmadik, chunki ularni xorijda ishlab chiqaradigan zavodlar yopildi. Biz hammamiz bilamizki, yarimo‘tkazgichlar bizning hayotimizda mavjud bo‘lgan kichik kompyuter chiplari. AQSH texnologiya sohasiga investitsiyalarni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak. Va tayanadigan oxirgi narsasi bu — Xitoyga qarshi sanksiyalar”, deydi AQSH prezidenti Jo Bayden.

 

Shunday qilib, Xitoyning yarimo‘tkazgich sanoati va uzoq vaqtdan beri orqada qolib ketgan boshqa tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Ular yangi muammolarga hamma kutganidan tezroq yechim topadi. Yarimo‘tkazgichlar mikroto‘lqinli pechlardan tortib avtomobilgacha bo‘lgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalarning asosiy komponentidir. 2022 yilda ularning dunyo bo‘ylab sotilishi maksimal 580 milliard dollarga yetdi.

 

Xitoy yetakchi chip ishlab chiqaruvchilar qatoriga kirmasada, u eng yirik isteʼmolchi hisoblanadi. Mikrosxemalarni ishlab chiqarish asosan AQSH va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda sunʼiy intellektga asoslangan sanoat inqilobi deb ataladigan narsa boshlandi. Vashington chiplardan foydalangan holda yangi turdagi qurol yaratilishidan xavotirda. Shuning uchun u bor kuchi bilan buning oldini olishga harakat qiladi. Mintaqa mutaxassislarining fikricha, Xitoy texnologik jihatdan qanchalik yuksalgan bo‘lmasin, u yerda shunga o‘xshash narsani yaratishning imkoni yo‘q.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH va Xitoy o‘rtasida “chiplar jangi” boshlandi | Zamon.uz