Baydenning rafiqasi yana koronavirusga chalindi
AQSH prezidenti ham COVID-19 uchun test topshirdi.

AQSH prezidentining rafiqasi Jill Bayden yana koronavirusga chalindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi xonimining COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Bu haqda Oq uyda xabar berildi.
Jill Bayden ayni damda Delaver shtatidagi Rexobot-Bichdagi oilaviy uyida. Oq uy matbuot xizmati Jill u yerda bir muncha vaqt qolishini taʼkidladi. Birinchi xonim kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Baydenning o‘zi ham koronavirus uchun salbiy testdan o‘tgan.
Birinchi xonim o‘tgan yilning avgust oyida koronavirus bilan kasallangan edi.







