Jahon

Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollari ko‘rinmayapti — Erdog‘an

Turkiya lideri Sochidagi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bayonot berdi.

Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollari ko‘rinmayapti — Erdog‘an

Ukrainada tinchlikka erishish uchun hozircha istiqbollar ko‘rinmayapti, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

 

“Ukrainada davom etayotgan urush borasida Turkiyaning pozitsiyasi aniq. Birinchi kundan boshlab biz doimo tinchlik, muloqot va diplomatiya tarafdori ekanligimizni ko‘rsatdik. Biz yana qon to‘kilmasligi uchun katta saʼy-harakatlar qildik. Biz muammoni yana-da kuchaytirmadik yoki olovga yog‘ sepmadik, har ikki tomonni uchrashtirishga harakat qildik. Afsuski, urush bir yarim yildan beri davom etmoqda. Ukrainada tinchlik o‘rnatish istiqbollari ko‘rinmayapti", — dedi u Sochidan qaytgach jurnalistlarga.

 

Turkiya lideri “Urushda g‘olib yo‘q, dunyoda yutqazganlar ham yo‘q”, deb taʼkidladi.

 

“Agar tomonlar shunday istak bildirsa, biz o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Shuningdek, asirlar almashinuvi va Zaporoje atom elektr stansiyasi kabi masalalarda vositachi rolini o‘ynashda davom etamiz. Umid qilamizki, ikki qo‘shnimiz va mintaqamizga zarar yetkazayotgan bu urush xalqaro huquqqa asoslangan adolatli va mustahkam tinchlik bilan yakunlanadi”, — dedi Erdog‘an.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollari ko‘rinmayapti — Erdog‘an | Zamon.uz