AQSHda "Proud Boys"ning sobiq lideri 22 yilga qamaldi
Avvalroq sud "Proud Boys"ning yana ikki aʼzosi — Jozef Biggsga 17 yil, Itan Nordinga esa 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

"Proud Boys"ning sobiq yetakchisi Enrike Tarrio 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishda ishtirok etgani uchun 5 sentyabr kuni Vashingtondagi sud tomonidan 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U fitnada aybdor deb topilgan. Tarrioning jazosi 2021 yil 6 yanvardagi tartibsizliklar orasida eng og‘ir jazo bo‘ldi. Tarrioning advokatlari apellyatsiya shikoyati berishdi.
2021-yilning 6-yanvarida sobiq prezident Donald Tramning minglab tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirgan paytda Tarrio Vashingtonda bo‘lmagan. Biroq sudya Enrikening fitnaning asosiy tashkilotchisi ekanini taʼkidlagan. Tergov uning qo‘zg‘olon vaqtida "Proud Boys" harakatlarini masofadan turib nazorat qilganini aniqlagan. Tergovchilarning taʼkidlashicha, u amerikalik o‘ng qanot ekstremistlari orasida alohida o‘ringa ega nufuzli shaxs. Avvalroq sud "Proud Boys"ning yana ikki aʼzosi — Jozef Biggsga 17 yil, Itan Nordinga esa 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.







