JSST СOVID-19 bo‘yicha global vaziyatdan tashvishda
Ko‘plab mamlakatlarda kasallik yana tarqalmoqda.

Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropada СOVID-19 tufayli vafot etganlar va kasalxonaga yotqizilganlar sonining ortib borayotgani virus hali qaytmaganidan dalolat beradi, dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus brifingda.
Uning аytishicha, Yaqin Sharq va Osiyoning ayrim qismlarida kasallikdan o‘limlar ko‘paymoqda, Yevropadagi kasalxonalarda reanimatsiya bo‘limlariga yotqizish ko‘paymoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, JSSTga aʼzo mamlakatlarning 25 foizdan kamrog‘i — 194 tadan 43 tasi o‘lim haqida xabar bergan, 20 davlat kasalxonaga yotqizilishlar haqida maʼlumot bergan.
Avvalroq JSST matbuotda «Eris» deb nomlangan СOVID-19 EG.5 ning yangi varianti dunyoda tobora ko‘proq tarqalayotganini, biroq ayni damda u global salomatlik uchun past xavf tug‘dirayotganini maʼlum qilgandi.







