Vyetnamda Milliy bayramni nishonlash chog‘ida 76 kishi halok bo‘ldi
Shuningdek, 95 kishi jarohatlandi.

Vyetnam Milliy kunini nishonlashning to‘rt kuni davomida mamlakatda 125 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada 76 kishi halok bo‘ldi, yana 95 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Xinhua agentligi.
Yo‘l harakati politsiyasining so‘zlariga ko‘ra, baxtsiz hodisalar asosan avtomobil va temir yo‘llarda sodir bo‘lgan, ikkita temir yo‘l halokati uch kishining umriga nuqta qo‘ydi.
1-4 sentabr kunlari to‘rt kun davom etgan bayramda o‘tgan yilga nisbatan baxtsiz hodisa 46 taga va halok bo‘lganlar 28 taga ko‘p.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Vyetnamda 11 400 dan ortiq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lib, 6,384 kishi halok bo‘lgan va 7,800 dan ortiq kishi jarohatlangan.







