Bayden Zelenskiy bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda
Bu haqda Entoni Blinken maʼlum qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden yaqin kelajakda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda. Bu haqda Kiyevga tashrifi chog‘ida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.
Blinken, shuningdek, Ukrainaga Amerika prezidentining iltimosiga ko‘ra kelganini taʼkidladi.
"Biz siz bilan yonma-yon yurishni davom ettirishga qatʼiy qaror qildik. Prezident Bayden qilayotgan saʼy-harakatlarimizni maksimal darajada oshirishga ishonch hosil qilish uchun Kiyevga kelishimni so‘radi", — dedi Blinken.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSH davlat kotibi kutilmaganda Kiyevga tashrif buyurgani xabar qilingandi.







