Jahon

BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordamini qisqartiradi

Hozirda mamlakatning 90 foizgacha aholisida oziq-ovqat taqchilligi kuzatilmoqda.

BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordamini qisqartiradi

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (VFP) sentyabr oyidan ikki mln nafar afg‘onistonlikka ajratiladigan yordamni mablag‘ yetishmasligi sababli to‘xtatadi, deya maʼlum qildi gumanitar tashkilot. Bu yil Jahon oziq-ovqat dasturidan mahrum bo‘lgan afg‘onlarning umumiy soni 10 millionga yetdi.

"Kelajakda katta mablag‘ ajratilishi tufayli VFP har oyda bor-yo‘g‘i uch million kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatishi mumkin", — deyiladi tashkilot bayonotida.

"Ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik allaqachon xavotirli darajaga yetganiga qaramay, biz to‘yib ovqatlanmaydigan va och qolganlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasida tanlov qilishga majburmiz, bu esa millionlab oilalar o‘zlarining navbatdagi tushliklari uchun kurashishga majbur qoldirmoqda", — dedi tashkilotning Afg‘onistondagi vakili Syao-Vey Li.

"Bizda qolgan ozgina resurslar bilan to‘liq qashshoqlik yoqasida turgan barcha odamlarga yordam bera olmaymiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Mart oyida VFP haddan tashqari ochlikni boshdan kechirayotgan jamoalar uchun ratsionni 75% dan 50% gacha kamaytirishi kerak edi. Aprel va may oylarida tashkilot sakkiz mln odamga oziq-ovqat yordamini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Tashkilotning taʼkidlashicha, mablag‘larning qisqartirilishi 1,4 million homilador ayollar, yangi onalar va ularning bolalari to‘yib ovqatlanmasligining oldini olish uchun maxsus oziq-ovqat olishdan voz kechishlarini anglatadi. Kelgusi oylarda VFP oziqlantirish markazlariga qo‘ng‘iroqlar soni keskin oshishini kutmoqda, chunki bolalarning omon qolishi qiyinlashadi.

Tashkilotning taʼkidlashicha, kelgusi olti oy ichida 21 mln odamni zarur oziq-ovqat va yashash vositalari bilan boqish uchun 1 mlrd dollar kerak bo‘ladi.

BMT VFP maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yil sentyabr holatida Afg‘onistonda qariyb 35,5 mln kishi yoki aholining deyarli 90 foizi oziq-ovqat taʼminotidan aziyat chekmoqda.

Iyun oyida VFP Suriyaga ham «misli ko‘rilmagan moliyaviy inqiroz» tufayli oziq-ovqat yordamini qisqartirishini eʼlon qilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordamini qisqartiradi | Zamon.uz