Peruda 1000 yillik mumiya topildi
Qayd etilishicha, mumiyaning sochlari uzun va jag‘i deyarli butunlay saqlanib qolgan.

Yodgorlik Peruning Lima shahridagi Miraflores turar-joy hududidagi arxeologik qazishmalar paytida topildi. Uning yonidan keramika, to‘qimachilik va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlaridan yasalgan idishlar ham chiqqan. Marhumning sochlari uzun va jag‘i deyarli butunlay saqlanib qolgan.
Mutaxassislarning fikricha, qoldiqlari topilgan odam bu joyda inklar kelguniga qadar yashagan. Peruda bir necha bor qadimgi qabrlar topilgan — taxminan 800-1200 yil oldin yashagan o‘smirning mumiyasi, taxminan 3000 yoshli odamning mumiyasi va boshqalar.
Maʼlumot uchun, 2023 yilning qishida Misrning Sakkara nekropol hududidan yoshi taxminan 4300 yil bo‘lgan eng qadimgi mumiya topilgandi.







