Jahon

Yaponiya ilk bor Oyga qo‘nadigan modulini uchirdi

Missiya doirasida Yaponiya Oy mantiyasining tog‘ jinslarini o‘rganish niyatida.

Yaponiya ilk bor Oyga qo‘nadigan modulini uchirdi

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) tomonidan ishlab chiqilgan birinchi SLIM Oyga qo‘nish apparati koinotga uchirildi. Raketa-tashuvchi Kagosima prefekturasi janubidagi Tanegasima kosmik markazidan 7 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:42 da (Toshkent vaqti bilan 04:42) uchdi. Uchirish ob-havo sharoiti tufayli bir necha bor qoldirilgandi. 

Modulning Yer sunʼiy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishi uchirilgan paytdan boshlab 4-6 oy ichida kutilmoqda. Missiya doirasida zond kaft o‘lchamidagi vezdexod (har qanday yo‘lda yoki yo‘lsiz joylarda ham yura oladigan texnika) va multispektral kamera yordamida hozirgacha kam o‘rganilgan Oy mantiyasining tarkibini tahlil qiladi. 

Qurilmani ishlab chiqishda qo‘llaniladigan texnologiyalar maʼlum bir joyga 100 metrdan ortiq bo‘lmagan xato bilan qo‘nish imkonini beradi. AFP agentligining qayd etishicha, Oyga avvalgi qo‘nishlarda bu ko‘rsatkich bir necha kilometrga yetgan.

"Insoniyat nafaqat oson bo‘lgan joyga, balki endi o‘zi xohlagan joyga qo‘na oladi", — deya maʼlum qildi JAXA parvozdan oldin. 

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Hindiston kosmik kemasi "Chandrayan-3" missiyasi doirasida Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Hindiston Yer sunʼiy yo‘ldoshi yuzasiga kosmik kemani qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylandi. Ilgari Sovet Ittifoqi, AQSH va Xitoy bunga erishgan. Ayni vaqtda Rossiyaning "Luna-25" stansiyasi avgust oyi oxirida Oyga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragandi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiya ilk bor Oyga qo‘nadigan modulini uchirdi | Zamon.uz