AQSH Ukrainaga yana 600 mln dollar ajratdi
Mablag‘ harbiy sohaga yo‘naltiriladi.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 600 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratadi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi maʼlum qildi.
“Bugun Departament Ukrainaga Rossiyaga qarshi kurashda yordam berish uchun yangi harbiy yordam paketini eʼlon qilmoqda. 600 million dollarlik paket Ukrainaning havo mudofaasi, artilleriya o‘q-dorilari va boshqa imkoniyatlarini kuchaytirish uchun jihozlarni o‘z ichiga oladi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qiymati deyarli bir milliard dollar bo‘lgan yangi yordam paketini taqdim etishini maʼlum qilgandi.







