Jahon

Armanistonda Sputnik sharhlovchisi va bloger hibsga olindi

Armaniston Tergov qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, ular “o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi” moddasi bilan qo‘lga olingan.

Armanistonda Sputnik sharhlovchisi va bloger hibsga olindi

 

Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkyan va Rossiyaga xayrixoh bloger Mikayel Badalyan Armaniston janubidagi Goris shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.

 

Armaniston Tergov qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Badalyan va Gevorkyan “o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi” moddasi bilan qo‘lga olingan.

 

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ularning hibsga olishiga munosabat bildirdi.

 

“Bu Yerevanda Rossiya — Armaniston media-forumi o‘tkazilishi munosabati bilan navbatdagi provokatsiya ekani istisno qilmayman. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni buzishni istayotganlarning provokatsiyasi. G‘arb esa bunga ko‘p sarmoya kiritmoqda”, — deya yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.

 

Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra, Gevorgyan chegara hududlaridagi hayot haqida o‘zining “Biz” (“Mi”) nomli mualliflik loyihasi uchun radiomateriallar tayyorlash uchun Syunik shahriga borgan.

 

“Biz Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkyanning hibsga olinishini kuzatmoqdamiz. Jurnalistning hibsga olinishi, ayniqsa Armaniston-Rossiya media forumi paytida, eng ishonchli asoslarni talab qiladi. Biz barcha protsessual meʼyorlarga rioya qilish va tergovning xolisligiga umid qilamiz”, — deya maʼlum qilgan “Rossiya segodnya” matbuot xizmati.

 

Shuningdek, qardosh Rossiya va Armaniston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikka putur yetkazish bo‘yicha ehtimoliy provokatsiyalarga zudlik bilan chek qo‘yish zarurligi taʼkidlangan.

 

O‘z navbatida, Gevorkyanning advokati u noqonuniy qurol savdosi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishga aloqasi yo‘qligini maʼlum qilgan. Advokat Gevorkyan ham Badalyan kabi 72 soatga — qonunda ko‘zda tutilgan muddatga hibsga olinganini taʼkidlagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Armanistonda Sputnik sharhlovchisi va bloger hibsga olindi | Zamon.uz