Ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–867-son, 07.09.2023 y.) bilan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
Mazkur hayvonlarning ro‘yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.







