Hindistonda xarobalar buzib tashlanmoqda
Hukumatning bu qarori G20 sammiti bilan bog‘liqmi?

Hindiston hukumati G20 sammiti oldidan poytaxtdagi xarobalarni buzib tashlamoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, uylar noqonuniy qurilgan va ularda yashovchilar davlat yerlarini egallashga haqli emas. Tegishli qaror Oliy sud tomonidan o‘tgan oy chiqarilgan.
Hukumat vayronalar hamda yuqori martabali xorijlik mehmonlar kelishi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini rad etdi. Rasmiylarning aytishicha, shaharni xarobalardan tozalash avval boshlangan va davom etayotgan jarayon.







