Ramzan Qodirovning onasi Rossiya Muftiylar kengashining oliy mukofoti bilan taqdirlandi
Avvalroq, Putin Checheniston prezidentining qizini mukofotlagandi.

RIA Novosti nashrining xabar berishicha, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirova Rossiya Muftiylar kengashining oliy mukofoti — “Al-Faxr” ordeni bilan taqdirlandi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, oliy mukofot mehr-muruvvat va xayriya qadriyatlari, onalik g‘oyalari va jamiyatda anʼanaviy mustahkam oilani mustahkamlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xayriya ishlari uchun topshirilgan.
Avvalroq, Putin Ramzan Qodirovning 24 yashar qizini II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlagandi.







