Germaniyada suyuq vodorodda harakatlanadigan samolyot yaratildi
Uning afzalligi ekologik tozaligidadir.

Germaniyalik aviakonstruktorlar tomonidan dunyodagi birinchi suyuq vodorod dvigatelli elektr samolyot taqdim etildi.
Samolyot Sloveniyadagi aeroportlardan biriga qo‘ndi. Ishlab chiquvchilarning fikricha, bunday kemaning maksimal parvoz masofasi 1500 kilometrni tashkil qiladi. Samolyotning afzalligi uning ekologik tozaligidadir – suyuq vodorod zararli chiqindilarsiz parvoz qilish imkonini beradi.
Qayd etish joizki, eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchi Airbus kompaniyasi 2035 yilgacha bozorga vodorod bilan ishlaydigan yo‘lovchi samolyotini olib chiqishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda aviatsiya uchun asosiy yoqilg‘i kerosin bo‘lib, u umuman ekologik toza emas.







