Jahon

Nonushtaga yeb bo‘lmaydigan mahsulotlar

Shunday mahsulotlar borki, ularni tongda isteʼmol qilib bo‘lmaydi. Ular odam organizmiga zarar yetkazishi mumkin.

Nonushtaga yeb bo‘lmaydigan mahsulotlar

 

Bizga bolalikdanoq nonushta qanchalik muhim va foydali ekanini uqtirib kelishadi. Ammo nonushtada isteʼmol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ham bor. Ular odam organizmiga zarar yetkazishi mumkin.

 

1. Sitrus mevalar. Kunning yaxshi boshlanishini bir stakan apelsin yoki preypfrut sharbatisiz tasavvur qila olmaydigan odamlar bor. Albatta, bu sharbatlar foydali, ammo nonushtada emas. Sitrus mevalar allergik reaksiya chaqirishi mumkin, shuningdek, ular oshqozon shilliq qavatiga zarar yetkazadi.

 

2. Banan. Bu meva magniyga boy. Nonushtaga banan yeyish yurak-qon tomir tizimiga og‘irlik qilishi mumkin. Baʼzi-baʼzida nonushtaga bana isteʼmol qilish mumkin, ammo har kunni bunday boshlash tavsiya qilinmaydi.

 

3. Xom sabzavotlar. Bu vaziyat ham sitrus mevalari bilan o‘xshash. Sabzavotlar og‘ir yegulik emas, ammo ular tarkibida turli kislotalar saqlanadi. Shuning uchun oshqozon muammolaridan qiynaladiganlar och qoringa sabzavot yemasligi kerak.

 

4. Batat (Shirin kartoshka). Shirin kartoshkadan turli ovqatlar tayyorlash mumkin. Ammo ularni och qoringa isteʼmol qilib bo‘lmaydi. Bu qorin dam bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

 

5. Salqin ichimliklar. Nahorda bir stakan suv ichish organizm uchun foydali. Bu butun organizm ish boshlashiga yordam beradi. Ammo suv xona haroratida yoki issiqroq bo‘lishi kerak. Salqin ichimliklar metobolizm va qon aylanishini sekinlashtirishi mumkin.

 

6. Shirinliklar. Ko‘pchilik qomat buzilmasligi uchun shirinliklarni tongda isteʼmol qilish kerakligini aytadi. Ammo hamma ham shirinliklarni nonushtada yeyish mumkin emasligini bilmaydi. Tongda katta miqdordagi qandni hazm qilish qiyin. Bu odat oshqozonosti bezi muammolari, shuningdek, miya faoliyatining sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

 

7. Qahva. Agar siz tongni achchiq qahvasiz tasavvur qila olmasangiz, o‘z odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak. Och qoringa ichilgan qahva organizmga zarar yetkazishi mumkin. Qahva siydik haydovchi xususiyatga ega. Uni to‘liq nonushta qilib bo‘lgandan so‘ng ichish tavsiya etiladi.

 

8. Kolbasali buterbrot. Aksariyat insonlar nonushtaga shunday buterbrot yeyishga ko‘nikib qolishgan. Ammo bu eng yaxshi nonushta emas. Kolbasa tarkibidagi kimyoviy moddalar har doim ham foydali bo‘lmaydi. Tongda, organizm hali uyg‘onmagan paytda konservantlarga qarshi kurashish osonmas.

 

9. Sarimsoq. Tarkibida sarimsoq bo‘lgan taomlar turi ko‘p. Ammo ular nonushtaga mos emas. Sarimsoqpiyoz sharbati ayniqsa tongda inson organizmiga agressiv taʼsir ko‘rsatadi. Tongda sarimsoq yesangiz, birozdan so‘ng oshqozoningizda og‘riq sezishingiz mumkin.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Nonushtaga yeb bo‘lmaydigan mahsulotlar | Zamon.uz