Qiziqarli adabiyot: Kutubxonalar haqida ajabtovur faktlar
Dunyoda shunday kutubxonalar borki, ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar sizni hayron qoldirishi shubhasiz.

Kutubxonadan ko‘ra qadimiy maʼlumotlar ombori bo‘lmasa kerak. Bizni turli sarguzashtlarga olib boradigan, bilim beradigan va shu bilan birga kecha-yu kunduzlarimizni tashqi olamlarning tafsilotlari bilan to‘ldiradigan ham kitoblardir.
1. Benjamin Franklin 1731 yilda kredit kutubxonasini ochgan.
Mamlakatdagi eng qadimgi jamoat kutubxonalaridan biri 1790 yilda Massachusets shtatining Franklin shahrida ochilgan bo‘lib, u yerda aholi Benjamin Franklin tomonidan hadya qilingan kitoblarni tarqatishgan. Biroq bunday kutubxonalarning taʼsischi Benjamin Franklin bo‘lib, u birinchi marta 1731 yilda Filadelfiyada Kutubxona kompaniyasi deb nomlangan o‘zining shaxsiy kutubxonasini ochgan, ammo buning uchun 40 shilling abonent to‘lovi qilish kerak edi. Benjamin Franklin o‘qishni juda yaxshi ko‘rgani uchun ham shaxsiy kutubxona ochishga qaror qiladi va bu keyinchalik shu turdagi kutubxonlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
2. Yer yuzidagi dastlabki kutubxonalarning ko‘pchiligi binoning yuqori qavatida maxsus xonalar bilan birga qurilgan.
Bunga yorqin misollardan biri Karnegi tomonidan qurilgan kutubxonalardir. U Nyu-Yorkdagi bir nechta kutubxonalarning qurilishini moliyalashtirgan va bu binolar ko‘pincha yuqori qavatda maxsus xonalar bilan birga qurilgan. Bu g‘oyaning asosiy maqsadi shundan iborat ediki, maxsus xonalarda kutubxonachilar kunning istalgan vaqtida pechkalarga ko‘mir tashlab binoni qizdirishda davom etishi mumkin edi. Shu bilan birga bunday xonalar ularning yashashi uchun ham maxsus joy vazifasini o‘tagan.
3. Ilgari kutubxonachilar "kutubxonachi qo‘li" deb nomlanuvchi qo‘l yozuvining o‘ziga xos uslubidan foydalanishlari kerak edi.
Bu amaliyot 1800 yillarning oxirlarida keng tarqalgan bo‘lib, o‘shanda kutubxona kashshofi Melvil Dyui va dastlabki to‘plamlarning kuratorlarigina o‘qishi mumkin bo‘lgan qo‘l yozuvi bo‘lgan va ular bu yozuv turini kutubxonada saqlanadigan kitob, jurnal va hokazolar haqida maʼlumotlarga saqlanadigan kartalar to‘plami uchun juda zarur, deb hisoblashgan. Yozuv mashinkalarining mashhurligi oshgani sayin esa bu amaliyot yo‘qolib bordi.
4. Kongress kutubxonasi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblanadi.
U chuqurligi bo‘yicha dunyodagi eng katta kutubxona bo‘lib, unda 173 milliondan ortiq obyekt mavjud. Bu rekord 1814 yilda sodir bo‘lgan falokat vayronalarining qayta tiklanishi natijasida qurilgan. O‘sha paytdagi 3000 jilddan iborat 14 yillik to‘plam Britaniya qo‘shinlari u joylashgan Kapitoliy binosini yoqib yuborganidan keyin vayron qilingan.
5. Texasda tashlandiq joydan ulkan jamoat kutubxonasiga aylantirilgan kutubxona bor.
MakAllen jamoat kutubxonasi Texas shtatida hozirda tubdan o‘zgartirilgan Valmart manzilida joylashgan va mamlakatdagi eng katta bir qavatli kutubxona hisoblanadi. 123 000 kvadrat metr maydonda kompyuter laboratoriyasi, kafe va 180 o‘rinli auditoriya mavjud.
6. Vermontda AQSH chegarasidan Kanadagacha cho‘zilgan kutubxona joylashgan.
Haskell bepul kutubxonasi va opera teatri to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi chegarada joylashgan. Siz Kvebekdagi Stanstead shahridan yurishni boshlab Vermont shtatidagi Derbi Linega chiqishingiz mumkin. Bino orqali sayohat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tish uchun sizga pasport kerak emas. Biroq foydalanuvchilar albatta o‘z mamlakatlariga qaytishi shart hisoblanadi. Aks holda, bunday qonunbuzarlik uchun jarimaga tortilish ehtimoli bor.
7. Ko‘rshapalaklar ham kutubxonani qo‘riqlash vazifasini bajaradi.
Masalan, Portugaliyadagi Koimbra universiteti qoshidagi Joanina kutubxonasida ko‘p sonli ko‘rshapalaklar yashaydi. Ammo hech kim ularni kutubxonadan yo‘q qilish chorasini ko‘rmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu ko‘rshapalaklar kitob sahifalariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hasharotlarni ovlaydi. Kutubxona xodimlari esa kechasi stollarni maxsus qoplamalar bilan o‘rab qo‘yishadi va ertalab zararkunandalarni yig‘ib olishadi.
8. Kutubxona kitoblari kutilmagan “yangilik”larga boy bo‘lishi mumkin.
Ushbu kitoblarning sahifalari ichida siz har xil “syurpriz”larni topishingiz mumkin. Sahifalarda kokain izlaridan tortib, gerpes virusi va to‘shakdagi hasharotlargacha — hamma narsa topiladi. Ammo xavotirga o‘rin yo‘q! Chunki tarixda odamlar kitoblar kasallik tarqatishidan qo‘rqishgan bo‘lsada, hech kim kutubxona kitobidan birorta kasallik yuqtirib olgani haqida hech qayerda yozib qoldirilmagan.
9. Chang va g‘ubor, asosan, kitobning o‘zi uchun xavflidir.
Chunki chang zarralarida sahifalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan namlik saqlanadi. Shuning uchun Boston jamoat kutubxonasida Depulvera deb nomlangan mashina mavjud bo‘lib, u xuddi avtomobillarni yuvish vositalariga o‘xshab ishlaydi. Unda maxsus tozalovchi tizim, yaʼni konveyer tizimi o‘rnatilgan. Bu orqali kitoblardagi chang butkul olib tashlanadi.
10. Yel universiteti kutubxonasi stressga tushgan talabalarga terapiya itidan foydalanishga ruxsat bergan.
Misol uchun, Yel universitetidagi Lillian Goldman yuridik kutubxonasi foydalanuvchilarga General Montgomerini, yaʼni Monti ismli itni 30 daqiqalik hamroh sifatida olishga ruxsat bergan. Monti maxsus sertifikatga ega zotdor it bo‘lgan. Afsuski, u biroz vaqtdan keyin vafot etgan.
11. Ko‘pgina kutubxonalar o‘zingizga saqlab olishni imkoni bo‘lgan bepul musiqalarni taklif qiladi.
Freegal deb nomlangan xizmat foydalanuvchilarga 15 million trekdan iborat kutubxonadan qo‘shiqlarni yuklab olish imkonini beradi.
12. Ayrim kutubxonalar pasport xizmatlarini taklif qiladi.
Yig‘ilish xonalari, kitob savdosi va tadqiqot yordamidan tashqari, ko‘plab kutubxonalar pochta bo‘limining uzoq yo‘li va navbatlaridan qochishingizga yordam beradigan pasportga ariza berish xizmatlarini ham taklif qiladi.
13. Hamma kutubxonalar ham sukunatni talab qilmaydi.
Finlandiyaning Vantaa shahridagi Tikkurila kutubxonasida 2016 yilda tashrif buyuruvchilar istagan qo‘shig‘ini ijro etishi uchun minglab qo‘shiqlardan iborat karaoke xonasi o‘rnatilgan (Finlandiyada karaokeni yaxshi ko‘radigan ko‘plab fuqarolar yashaydi). Yaxshiyamki, shovqin qo‘shni xonadagilarning tinchini buzmaydi. Chunki xona ovoz o‘tkazmaydigan qalin devor bilan o‘ralgan.







