Ronaldu Marokashdagi mehmonxonasini boshpanaga berdi
Hozirda u yerga zilzila oqibatida ko‘chada qolganlar joylashtirilmoqda.

Krishtianu Ronaldu Marokashdagi mehmonxonasini boshpanaga aylantirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish maqsadida o‘z mehmonxonasini vaqtincha bepul foydalanishga topshirgan. Hozirda u yerga hodisa oqibatida ko‘chada qolganlar joylashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun: ushbu to‘rt yulduzli mehmonxona ochiq suzish havzasi, fitnes zal, bog‘ va restoranga ega.







