“Ukrainaning qarshi hujumi sovuq havoda ham davom etadi”
Kirill Budanov Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilmasligini aytdi.

Ukrainaning qarshi hujumi sovuq havo sharoitida ham davom ettiriladi. Bu haqda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov maʼlum qildi.
U qarshi hujumda oldinga siljish kutilganidan sekinroq bo‘lyotganini tan oldi va vaziyatning o‘ta murakkab ekanini qo‘shimcha qildi.
“Noqulay ob-havoda Rossiya bilan kurashish qiyinroq bo‘ladi. Jang u yoki bu tarzda davom etadi. Sovuq, yog‘ingarchilik va loyda jang qilish qiyinroq. Janglar davom etadi. Qarshi hujum davom etadi”, — dedi Budanov.
Budanov, shuningdek, minalarning katta konsentratsiyasini, Rossiyaning ko‘p sonli kichik kamikadze dronlarini “hozircha Ukrainaning oldinga siljishini sekinlashtirayotgan asosiy omillar” deb atadi.







