Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyuradi
U Putin bilan muzoraka o’tkazmoqchi.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda.
“RF prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan RFga keladi”, - deyilgan Kreml rasmiy xabarida.
Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligining yozishicha, Kim Chen In tashrif davomida Rossiya rahbari bilan uchrashadi va muzokaralar o‘tkazadi.
Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi. O‘shanda Vladivostokda Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan edi. Bu davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvi edi.







