Jahon

Rossiyalik dasturchi va xakerlar tufayli Turkiyada kiberjinoyatlar soni oshdi

Migrant xakerlar dastlab mahalliy xakerlar bilan hamkorlikda kichik onlayn firibgarliklar bilan shug‘ullangan. So‘ng o‘g‘irlangan maʼlumotlarni Yevropa bozorida sotishgan va ulardan tushgan daromadlarni qonuniylashtirishgan.

Rossiyalik dasturchi va xakerlar tufayli Turkiyada kiberjinoyatlar soni oshdi

 

Financial Times nashrining maʼlum qilishicha, Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatga qisman safarbarlik boshlanganidan keyin kelgan rossiyalik dasturchi va xakerlar tufayli Turkiyada kiberjinoyatlar soni oshdi.

 

Nashrning manbalarga tayanib yozishicha, rossiyalik migrant xakerlar dastlab mahalliy xakerlar bilan hamkorlikda kichik onlayn firibgarliklar bilan shug‘ullangan, o‘g‘irlangan maʼlumotlarni Yevropa bozorida sotishgan va ulardan tushgan daromadlarni qonuniylashtirishgan.

 

Yaqinda Turkiya politsiyasi tergov boshlashga qaror qildi, chunki rossiyalik va mahalliy xakerlar bir-birining kuchli tomonlaridan foydalanib ish tutadigan kiberjinoiy guruhlar tuza boshlagan.

 

Ismi sir qolishini istagan kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassisning nashrga aytishicha, rossiyalik xakerlar turkiyalik hamkasblarini katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlashga o‘rgatgan va G‘arbiy Yevropadagi aloqalari orqali foydali bitimlar tuzishga boshchilik qilishgan.

 

Manbaning taʼkidlashicha, xakerlar o‘g‘irlangan kriptovalyutani turk lirasiga aylantirish, Turkiya fuqaroligini olish uchun ko‘chmas mulk sotib olish yo‘llari va boshqa masalalardagi kiberjinoyatlarni ham amalga oshira oladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyalik dasturchi va xakerlar tufayli Turkiyada kiberjinoyatlar soni oshdi | Zamon.uz