Turkiya Rossiyaga tovar importi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi
Maʼlum qilinishicha, ikki davlat o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona koridori bor.

Turkiya 2023 yilda Rossiyaga tovar importi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Ruslan Davidov maʼlum qildi.
“Bu yil Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda, import 60 foizga oshdi. Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona koridorimiz bor”, — deydi u.







