Bugun Yer yonidan kometa uchib o‘tadi
Uni maxsus jihozlar bilan ko‘rish mumkin.

Bir oy oldin kashf etilgan Nishimura kometasi bugun Yer yonidan uchib o‘tadi. Sayyora aholisi uni oddiy ko‘z bilan ko‘ra oladi, deydi soha mutaxassislari.
Keyingi safar u 400 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach paydo bo‘ladi. Osmon jismi sayyoradan 125 million kilometr uzoqlikda bo‘ladi. Uni yaxshi ko‘rish uchun maxsus jihozlar kerak, chunki u juda xira. Kometa yapon havaskor astronomi Xideo Nishimuraning nomi bilan atalgan. Quyoshga yaqinlashganda u yana-da yorqinroq bo‘ladi. Shundan so‘ng quyosh tizimidan tashqariga qaytadi.







