Kanada bosh vaziri Hindistonda qolib ketdi
Jastin Tryudoni olib ketish uchun Hindistonga yuborilgan samolyot manzilgacha yetib bormadi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z samolyotidagi texnik muammolar tufayli Hindistonda qolib ketdi. Kanada harbiylari Tryudoni uyiga qaytish ustida ishlamoqda. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Rejaga ko‘ra, Kanada bosh vaziri yakshanba kuni hindistonlik hamkasbi Narendra Modi bilan G20 sammitidagi keskin uchrashuvdan keyin Hindistonni tark etishi kerak edi.
Tryudo matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirda ketish holati «beqarorligicha qolmoqda».
Kanada Milliy Mudofaa Departamenti bayonotida, Kanada Qirollik havo kuchlari CC-150 Polaris, bort raqami “01”, «bartaraf etilishi kerak bo‘lgan texnik nosozlik» yuzaga kelgan.
Tryudoni olib ketish uchun Hindistonga yuborilgan samolyot Buyuk Britaniyaga yo‘naltirildi va mazkur samolyot u yerdan jo‘nab ketishi kutilyapti.
Bu voqea Kanada bosh vazirining samolyot safari bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan birinchi hodisasi emas.
2019 yilda jurnalistlar bo‘lgan samolyot saylovoldi kampaniyasi vaqtida Tryudoni tashish uchun ijaraga olingan samolyot qanoti bilan to‘qnashib ketgan edi. O‘sha paytda u samolyot bortida bo‘lmagan.







