Jahon

XXI asrning eng vayronkor zilzilalari

Marokashda yuz bergan zilzila XXI asrning eng vayronkor 20 ta silkinishdan biri bo‘ldi.

XXI asrning eng vayronkor zilzilalari

 

Marokashda yuz bergan yer qimirlashi XXI asrning eng vayronkor 20 ta zilzilalaridan biri bo‘ldi. Tabiiy ofat 3000 dan ortiq odamning umriga zomin bo‘ldi. Oxirgi marta mamlakatda bunday kuchli silkinish bundan 21 yil oldin kuzatilgandi. O‘shanda 628 kishi halok bo‘lgan.

 

Marokash tarixidagi eng kuchli zilzila esa 1960 yilda qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,9 ga teng bo‘lib, 13 mingdan ortiq aholi vakilini hayotdan bevaqt olib ketgan. 9 sentyabr kuni yuz bergan zilzila XXI asrda dunyo tarixida yuz bergan eng vayronkor tabiiy ofatlar ichida 14-o‘rinni egalladi.

 

O‘tgan hafta shanba kuni yuz bergan tabiiy ofatdan omon qolganlarni topish umidi hali so‘ngani yo‘q. Hukumat va xalqaro kuzatuvchilar qurbonlar soni oshishini aytmoqda.

 

Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya va Suriyada yuz bergan dahshatli zilzila butun dunyoni larzaga solgandi. Mamlakat rasmiylari mazkur hodisa oqibatida 56 697 kishi (bu Fransiyaning Narbon shahri aholisi bilan teng) halok bo‘lganini qayd etgan.

 

Amerikaning geofizik hodisalarni monitoring qilish agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu qurbonlar soni bo‘yicha eramizdan avvalgi 500 yildan beri yuz bergan eng vayronkor zilzilalar qatorida (50-o‘rin) tarixga kirdi.

 

Agentlikning qayd etishicha, asr davomida yuz bergan eng dahshatli yer silkinishlari:

 

1. Gaiti — 2010 yil 12 yanvar, qurbonlar soni — 316 ming kishi;

 

2. Sumatra — 2004 yil 26-dekabr, qurbonlar soni: — 227 ming 899 kishi;

 

3. Xitoyning Sichuan provinsiyasi — 2008 yil 15 may, qurbonlar soni: 87 ming 652 kishi;

 

4. Pokiston — 2005 yil 8 oktyabr, qurbonlar soni — 76 ming 213 kishi;

 

5. Turkiya va Suriya — 2023 yil 6 fevral, qurbonlar soni — 56 ming 697 kishi.

 

Seysmologning maʼlumot berishicha, dunyoda har yili 7,0 magnitudali o‘rtacha 15 ta zilzila qayd etiladi.

 

AQSH geologiya xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 1970 yildan beri Turkiyada Rixter shkalasi bo‘yicha 6 balldan baland 3 ta zilzila qayd etilgan. Hududdagi oxirgi fojia 1822 yil — 7,0 magnitudali zilzila yuz berganida kuzatilgan. O‘shanda 20 mingga yaqin odam qurbon bo‘lgan.

 

Gaitida 2010 yilda yuz bergan dahshatli zilzila esa "so‘nggi ikki asr ichida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan ofat" sanaladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u faqat Xitoyda 1556 yilda yuz bergan silkinishdan ortda qoladi. Tabiiy ofat oqibatida 830 ming odam qurbon bo‘lgan.

 

Amerika geofizik hodisalarni monitoring qilish agentligi 9 va undan baland magnitudali 7 ta zilzilani qayd etgan. Ulardan eng kuchlisi 1960 yil 22 mayda Peruda yuz bergan. U 2226 kishini hayotdan olib ketgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

XXI asrning eng vayronkor zilzilalari | Zamon.uz