Jahon

Kim Chen In Rossiya g‘alabasi uchun qadah ko‘tardi

Putin va KXDR rahbari uchrashuvi tafsilotlari.

Kim Chen In Rossiya g‘alabasi uchun qadah ko‘tardi

 

Bugun barcha siyosatchilar, ekspertlar, OAVning eʼtibori Rossiyaga qaratildi. Pezident Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Putin hamkasbi Kim Chen Inni Amur viloyatidagi «Vostochniy» kosmodromida kutib oldi.

 

Uchrashuv marosimi texnik majmuaning raketa-tashuvchilarni o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish binosiga asosiy kirish eshigida bo‘lib o‘tdi. Shimoliy Koreya yetakchisi taklif uchun Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirgan.

 

“Jang bilan band bo‘lishingizga qaramay, bizni taklif qilganingiz uchun tashakkur”, dedi In.

 

Majmua bilan tanishgach, tomonlar muzokaralarni boshlagan. Tantanali qabul chog‘ida Shimoliy Koreya yetakchisi In Rossiyaning g‘alabasi, uning prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya-Koreya munosabatlarining mustahkamlanishi uchun qadah ko‘tardi.

 

“Rossiya Federatsiyasining hurmatli Prezidenti, o‘rtoq Vladimir Vladimirovich Putinning mustahkam sog‘lig‘i, buyuk Rossiyaning yangi g‘alabasi, rus-koreya do‘stligining uzluksiz rivojlanishi va mustahkamlanishi, barchaning salomatligi uchun qadah ko‘tarishni taklif qilaman”, — dedi Kim Chen In.

 

KXDR rahbari, shuningdek, Rossiya prezidenti bilan barqaror munosabatlarni o‘rnatishga, ular asosida kuchli davlatlar barpo etilishini rag‘batlantirishga hamda xalqaro adolatni himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

 

Dastlab tomonlar delegatsiyalar ishtirokida suhbatlashdi, keyin esa yuzma-yuz formatda. Kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy almashinuvlar, shuningdek, mintaqadagi hamda butun dunyodagi vaziyat joy oldi.

 

Uzoq Sharq mintaqasidagi vaziyat, umuman Rossiya hamda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan ochiq fikr almashilgani maʼlum qilindi.

 

“KXDR Rossiya bilan aviatsiya, transport va infratuzilma sohasida hamkorlik qilish imkoniyatidan manfaatdor, o‘tgan muzokaralar juda mazmunli bo‘ldi”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

 

Putin KXDR yetakchisi Kim bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishni muhokama qilganini aytdi.

 

“Biz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida gaplashdik va bu borada albatta taklif qiladigan narsamiz bor. Biz mamlakatga insonparvarlik yordami ham ko‘rsatamiz. Ammo insonparvarlik yordamidan tashqari oddiygina teng sharoitlarda ishlash imkoniyati ham bor”, — dedi Putin.

 

Shuningdek, Kreml rahbari transport aloqalari va logistika bilan bog‘liq boshqa qo‘shma loyihalarni ham aytib o‘tdi.

 

Shunday qilib,  «Vostochniy» kosmodromidagi muzokaralar yakunlandi. Avvalroq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanlari yoki hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmaganini maʼlum qilgandi.

 

Putin va In o‘rtasidagi muzokaralarni ayniqsa AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar diqqat bilan kuzatdi. G‘arbning ishonchi komilki, Moskva oziq-ovqat va texnologiya evaziga Shimoliy Koreyadan o‘q-dorilar olmoqchi.

 

Kuzatuvchilar uchrashuv joyining o‘zi ramziy maʼnoga ega ekanligini taʼkidlamoqda. Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, muzokaralar boshlanishidan avval ikki davlat rahbarlari yangi “Angara” raketasini yig‘ish jarayoni bilan tanishgan, shuningdek, “Soyuz-2” tashuvchi raketasini uchirish majmuasini ko‘zdan kechirgan. G‘arb ekspertlari Shimoliy Koreya o‘zining ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldosh dasturini ishlab chiqishi va yangi raketa texnologiyalarini qo‘lga kiritish istagiga ishora qilmoqda.

 

“The New York Times” gazetasi Moskva Pxenyandan sovet tomonidan ishlab chiqarilgan artilleriya snaryadlari va tankka qarshi raketalarni olishga umid qilayotganini yozdi.

 

KXDR rahbari Rossiyaga prezident Putinning taklifiga binoan kelgan. Uning tashrifi rasmiy maqomga ega — bu protokol amaliyotidagi eng yuqori toifalardan biridir. Bungacha Kim Chen In Rossiyaga 2019 yilning aprel oyida kelgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kim Chen In Rossiya g‘alabasi uchun qadah ko‘tardi | Zamon.uz