Xitoyda fermadan 75 ta timsoh qochib ketdi
Davlat matbuotiga ko‘ra, rasmiylar qurgan tuzoqqa atigi 8 ta timsoh tushgan.

Janubiy Xitoyda «Xaykuy» to‘foni sabab bo‘lgan suv toshqinlari chog‘ida o‘nlab timsohlar chorvachilik fermasidan qochib ketdi, deb xabar berdi BBC agentligi.
Maomin shahrida (Guandun provinsiyasi) ko‘l kanalidan 75 ta qirg‘oq timsohlari qochib ketgan.
Ulardan baʼzilari tiriklayin qo‘lga olingan bo‘lsa, boshqalari «xavfsizlik uchun» mahalliy hokimiyat tomonidan elektr toki bilan yoki otib o‘ldirilgan.
“Qochqinlarni” ushlashda ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan katta yoshli timsohning o‘rtacha vazni taxminan 75 kg, uzunligi esa 2 metrdan oshadi.
Maomin shahri (Guandun provinsiyasi) bir nechta timsoh fermalariga ega. Ular teri uchun ham, go‘sht uchun ham yetishtiriladi.
Hukumat ferma yaqinidagi qishloqlar aholisidan xavfsizlik uchun uylarini tark etmaslikni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Gonkong, Tayvan, Yaponiya va Xitoyning bir qismini allaqachon bosib o‘tgan «Xaykuy» to‘foni Janubiy Osiyoda bir haftadan ko‘proq vaqt davomida vahima uyg‘otmoqda. Tabiiy ofat yetti kishining hayotiga zomin bo‘lib, yana uch kishi bedarak yo‘qolgan. To‘fon Xitoy janubida toshqinlarga sabab bo‘lgan.







