O'zbekiston

Buxoroda 125 tup daraxt kesib tashlandi

Bu bilan tabiatga 1,7 milliarddan ortiq zarar yetkazilgan.

Buxoroda 125 tup daraxt kesib tashlandi

 

Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali respublikamizda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Afsuski, daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari juda tez-tez uchramoqda.

 

Xususan, Peshku tumanining “Mustaqillik”, “Chig‘irchi”, “Yangibozor”, “Sadir” va “Malishoyak” mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi “Zandani” kanalining muhofaza zonasida o‘sib turgan jami 125 tup daraxt, shundan 23 tup kam qimmatli, 102 tup qimmatbaho daraxtlar kesilgan.

 

Dastlabki xulosaga ko‘ra, hududda daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 1,7 mlrd. so‘mdan ortiq juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilgan.

 

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.

 

Mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorat o‘rnatilgan.

 

custom img

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisini kaltakladi

U avtobus oynasini sindirib, transportga ham zarar yetkazgan.

custom img

Toshkentdagi qurilish maydonida yer o‘pirilib tushdi

Toshkent shahar hokimligi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, maxsus komissiya tuzilganini ma’lum qildi.

custom img

Rossiyada davlat bayrog‘ini tahqirlashda gumonlangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytariladi

Migratsiya agentligi Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda “kvartiralar banki” tashkil etiladi

Renovatsiya hududidagi mulkdorlarga kompensatsiya sifatida yoki vaqtincha yashash uchun uy-joylar taqdim etiladi.

custom img

Qamchiq dovonida Isuzu va Epica to‘liq yonib ketdi

Epica haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan.

custom img

Toshkentda 1-avgust — Ozarbayjon Alifbosi va Ozarbayjon Tili kuni nishonlandi

Tadbir davomida Ozarbayjon alifbosining tarixiy taraqqiyot yo‘li, tilning xalq milliy o‘zligi va ma’naviy merosini asrab-avaylashdagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

custom img

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida 1,3 gektar maydondagi quruq o‘tlar yonib ketgan, daraxt va butalarga zarar yetmagan.

custom img

Yaponiyada noqonuniy yashagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Rasmiylar xorijliklarni viza muddatiga qat’iy rioya qilishga chaqirib, noqonuniy yashash va ishlash jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"