Moldovaning birinchi prezidenti vafot etdi
Mircha Snegur 83 yoshda edi.

Moldovaning birinchi prezidenti Mircha Snegur chorshanba kuni kechqurun 83 yoshida vafot etdi.
“Kecha, 13-sentabr kuni soat 23:30 da Moldova Respublikasi Prezidenti Mircha Snegur davolab bo‘lmaydigan kasallikdan vafot etdi”, – deb yozdi sobiq bosh vazir o‘rinbosari Konstantin Tampiza Facebook’dagi sahifasida.
Snegur 1940-yil 17-yanvarda Floresti viloyati Trifanesti qishlog'ida tug'ilgan. 1990-yil 3-sentyabrda u Oliy Kengash tomonidan Moldova SSR Prezidenti etib tayinlandi.
U 1990-yil 3-sentabrdan 1996-yil 1-dekabrgacha Moldova Respublikasi Prezidenti lavozimida ishlagan.







