Jahon

Baydenning o‘g‘li 25 yilga qamalishi mumkin

Xanter Bayden qurolga noqonuniy egalik qilishda ayblanmoqda.

Baydenning o‘g‘li 25 yilga qamalishi mumkin

 

AQSH tarixida ilk bor Adliya vazirligi amaldagi prezidentning o‘g‘liga ayblov eʼlon qildi. Jo Baydenning o‘g‘li Xanterga 2018 yilda sotib olingan o‘qotar qurollarni xarid qilayotganda yolg‘on ko‘rsatma berganlikda uchta ayblov qo‘yildi.

 

Ayblovlar iyul oyida Xanter Baydenning dastlabki ayblov kelishuvi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin qo‘yilgan. Bu Jo Baydenning 2024 yilda AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylanish kampaniyasi o‘rtasida jiddiy sud jarayoniga olib kelishi mumkin.

 

Xanter Baydenning huquqiy muammolari 2018 yil oktyabrda sotib olgan o‘qotar qurollardan kelib chiqdi. Delaverdagi qurol do‘konidan revolver sotib olayotganda, u hech qanday noqonuniy giyohvand moddalarni isteʼmol qilmagani yoki ularga qaram bo‘lmaganligini aytib, federal blankda yolg‘on gapirgan. Garchi, aslida, sotib olish paytida u kokainga qaramlik bilan kurashgan.

 

O‘qotar qurol sotib olish yoki unga egalik qilish uchun blankalarni to‘ldirishda yolg‘on bayonot berish federal jinoyat hisoblanadi. Agar Xanter Bayden aybdor deb topilsa, 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

CNN taʼkidlashicha, o‘zi to‘rt marta ayblangan AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xanter Bayden haqidagi xabarni «qayg‘uli vaziyat» deb atagan.

 

"Bu qayg‘uli vaziyat, demoqchimanki, bundan hech kim xursand bo‘lmasligi kerak", — degan Tramp.

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi avvalroq prezident Baydenning o‘g‘lining biznes faoliyati bilan bog‘liq ravishda impichment jarayonini boshlashi mumkin bo‘lgan tergov boshlanganini maʼlum qilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.