Ikki kun ichida Italiyaning Lampeduza oroliga 7 ming migrant keldi
Ammo Lampeduzadagi qochqinlar lagerida joy yetarli emas.

O‘rtayer dengizidagi Italiya oroliga Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlarning kelishi to‘xtamayapti va ular u yerdan Italiyaning boshqa hududlariga olib ketilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Shu haftaning ikki kunida Italiyaning Lampeduza oroliga Afrika va Yaqin Sharqdan 7 ming muhojir yetib keldi.
Chorshanba kuni oroldagi 6 mingdan ortiq odamning uchdan bir qismi Italiyaning boshqa qismlariga yetkazilgan. Portda yuzlab muhojirlar o‘z navbatini kutmoqda.
Lampeduzadagi 400 kishilik qochqinlarni qabul qilish markazi barcha kelganlarni qabul qila olmaydi.
Muhojirlarning bir qismi port yaqinida qolishadi. Baʼzida u yerda vaziyat keskinlashadi va Italiya politsiyasi muammoni hal qilishga majbur bo‘ladi.
Ob-havo dengiz bo‘ylab suzib o‘tish uchun qulay, ammo bu hafta yana bir kema halokatga uchradi. Tunisdan kelgan muhojirlarning chorak qismi halok bo‘ldi, noqonuniy yo‘llar bilan Italiya qirg‘oqlariga yetib olishga uringan 20 kishi qutqarildi.







