Malika Diananing ust kiyimi 1,1 million dollarga sotildi
U shu vaqtgacha yo‘qolgan deb hisoblanar edi.

Nyu-Yorkdagi Sotheby‘s auksionida malika Diananing yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblangan kiyimi sotildi. Xaridor bu “matoh” uchun 1,1 million dollar to‘lagan.
Gap malikaning qizil, yungli sviteri haqida ketmoqda. Malika Diana bu libosda ilk bor 1981-yilgi polo musobaqasida jamoatchilikka ko‘rinish bergan. Unga oq va qora qo‘ylar tasviri tushirilgan.
Sviter ishlab chiqargan kompaniya kiyim yo‘qolganidan keyin Bukingem saroyidan yetkazilgan zararning bir qismini qoplash yoki xuddi shu turdagi yangisini yuborish mazmunidagi rasmiy xat oldi. Kompaniya o‘sha kiyimning “egizagi”ni qaytadan tikib, taqdim etdi. Ammo 2023-yilning bahorida asl nusxasi kompaniya boloxonasidan topildi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Bir necha kun oldin Londonda ingliz rok-guruhi “qiroli” Freddi Merkyurining ipak jileti kimoshdi savdosida sotilgan edi. Xaridor u uchun 139,7 ming funt sterling (qariyb 174 ming dollar) to‘lagan.







