Bo‘yinni qirsillatish insultga sabab bo‘lishi mumkin
Bu odat darhol salbiy oqibatlarga olib kelmaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan u bo‘g‘imlarning gipermobilligini keltirib chiqarishi mumkin.

Bo‘yinni qirsillatish insultga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.
Shifokori Ever Ariasning maʼlum qilishicha, bo‘yinni qirsillatish odati darhol salbiy oqibatlarga olib kelmaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan u bo‘g‘imlarning gipermobilligini keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu holat ko‘pincha og‘riqlar, umurtqaning kompression sinishiga olib keladi.
Shifokor baʼzida bo‘g‘im gipermobilligi insultni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.
Arias bo‘ynini qirsillatish odatidan butunlay voz kechmaganlarga buni imkon qadar kamroq qilishni maslahat berdi. U birinchi navbatda bo‘ynini massaj qilishni va agar noqulaylik kuchli bo‘lsa va yo‘qolmasa, uni qirsillaguncha aylantirishni taklif qildi.







