O'zbekiston

Isteʼfodagi general-mayor Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi

U O‘zbekistonda harbiy fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

Isteʼfodagi general-mayor Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi

 

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Harbiy-ilmiy va amaliy rivojlantirish markazi katta ilmiy xodimi, isteʼfodagi general-mayor, harbiy fanlar nomzodi, professor Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov og‘ir kasallikdan keyin 15 sentyabr kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

U bilan vidolashuv 16 sentyabr kuni soat 11:00 da Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tadi. Vidolashuv marosimiga Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov rahbarlik qildi.

 

Aleksandr Shishlyannikov 1950-yil 3-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlab, Chexoslovakiyadagi Markaziy harbiy qo‘mondonlik va Germaniyadagi G‘arbiy harbiy qo‘mondonlik bo‘linmalarida xizmat qilgan. 1993−1995 yillarda Tojikiston mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.