Jahon

Tabiat va tarixning ajoyib uyg'unligi aks etgan manzil

Turkiyaning go'zal go'shalari haqida

Tabiat va tarixning ajoyib uyg'unligi aks etgan manzil

Pahlavonlar diyori – Aydin

     Mo'tadil iqlim sharoiti va unumdor yerlari bilan “madaniyatlar vodiysi” deb atalgan Buyuk Menderes havzasi tarixning har bir davrida jadal madaniy taraqqiyotga guvoh bo'lgan. Aydinning bu madaniy jarayonda muhim o'rni bor. Shahardan topilgan sopol topilmalarga ko'ra, turar-joy tarixi miloddan avvalgi 4500 yilga to'g'ri keladi. Aydin haqidagi ilk tarixiy ma’lumotlar Xet manbalarida uchraydi.

           

            Aydin zamonaviy shahar bo'lish bilan bir vaqtda, madaniy va tabiiy boyliklari bilan ochiq osmon ostidagi muzeyga qiyoslanadi. O'zining joylashuvi tufayli tarix davomida ko'plab sivilizatsiyalarni o'z ichiga olgan va o'tmishdan hozirgi kungacha qadimgi davr izlarini ko'rishingiz mumkin bo'lgan muhim turizm shaharlaridan biridir. Ajoyib tabiati va dengizi madaniy va arxeologik qadriyatlar bilan uyg'unlashgan Aydin, Egey mintaqasida ko'rish kerak bo'lgan noyob turizm shaharlaridan biri sanaladi.

 

            Kushadasi

 

             Nomi portning kiraverishidagi Guverjin (kabutar) orolidan olingan tuman, Turkiyaning muhim turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Aydindan 71 km uzoqlikda joylashgan shahar Efes, Bibi Maryam, Milet, Didim, Pamukkale, Marmaris va Bodrum kabi muhim turistik manzillarning markazida joylashgan. U o'zining kema porti, ko'plab sohillari, tabiat bilan o'ralgan lager hududlari va ko'ngilochar maskanlari bilan rang-barang va jonli dam olish tajribasini taklif etadi.

 

 

 

 

              Guverjinada qal'asi

 

             Kushadasiga o'z nomini bergan Guverjin orolidagi qal'a tabiiy tepalik ustiga tosh va g'isht mahsulotlaridan qurilgan bo'lib, portni himoya qiluvchi Kushadasi ko'rfazining yonginasida joylashgan. Tarixning mashhur sayohatchilaridan biri Avliyo Chalabiy 1671 yili Kushadasiga safar qilgan va o'zining “Sayohatnoma” kitobida har yili 100 ming qush kelib, Guverjinada qal’asini ziyorat qilganini va buning sehrlangan orol ekanligini yozgan.

 

 

 

 

              Afrodiziyalar

 

              YUNESKOning jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan bu qadimiy shahar, birinchi Rim imperatori Avgust "Onado'lidagi eng sevimli shahrim" deya ta'rif bergan shahardir. Marmar konlariga yaqinligi tufayli deyarli butun shahar marmardan qurilgan hamda shahar haykaltaroshlik ishlab chiqarish markazi va maktabiga aylangan. Tabiat bilan uyg'unlikda qurilgan shahar markazida jamoat binolari, Afrodita ibodatxonasi, hovuzli agora, teatr va bugungi kunda ham foydalanish mumkin bo'lgan 35 000 kishilik yaxshi saqlanib qolgan stadioni bilan sayyohlarni arxeologik “ziyofat” ga taqdim etadi.

 

 

 

              Alabanda qadimiy shahar

 

               Alabanda nomi kariya tilidagi Ala (ot) va banda (poyga) ma'nosini bildiruvchi so'zlardan olingan deb taxmin qilinadi. Vizantiya tarixchisi Stefanosning yozishicha, Qirol Karning o‘g‘li Alabandos ot poygasida g‘olib chiqqani uchun shahar Alabanda nomini olgan.

 

 

 

 

             Shaffof suvli “Moviy bayroq”li sohillar

 

             Dengiz turizmi uch fasl davomida qizg'in bo'lgan, 148 km uzunlikdagi qirg'oq chizig'i, moviy dengiz va tengsiz ko'rfazlarga ega bo'lgan Aydin, Kushadasi va Didim tumanlarida moviy bayroqli sertifikatlangan sohillari bilan ajralib turadi. Aydinning Pigale, Guzelchamli, Yavansu va Aslanburnu sohillari, Kadinlar denizi, Sevgi, Guverjinada, Altınkum, Akbuk va Tavshanburnu sohili kabi jami 35 ta “Moviy bayroqli” sohillari mavjud bo'lib, ular mahalliy va xorijiy sayyohlarning e'tiborini tortib kelmoqda.

 

 

            Arpaz qal'asi

 

            Nazilli tumanida joylashgan qal'a 18-asr Usmonli davri inshootidir. Ayrim manbalarda bu joyning nomi Arpaz minorasi sifatida ham tilga olingan. U 19-asrning boshlarida Akchaygacha boʻlgan ekin maydonlarini oʻz ichiga olgan yirik fermer xoʻjaligining egalari Arpaz Beylar tomonidan qurilgan. Biroq, 17-18-asrlarga oid Usmonli davri xarobalari mavjudligi binoning avvalroq qurilganligini va keyinchalik taʼmirlanganligini koʻrsatadi. Arpaz qal'asi o'zining beklar saroyi, qo'riqlash minorasi, ombori, otxonalari va yordamchi binolari bilan kichik qasrni eslatadi.

 

                                                                         

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tabiat va tarixning ajoyib uyg'unligi aks etgan manzil | Zamon.uz