Turkiyada koronavirusning yangi shtammi tarqalmoqda
"Eris" shtammi xorijdan qaytganlarda aniqlandi.

Turkiyada COVID-19'ning "eris" nomli yangi shtammi tarqaldi.
Laboratoriya tekshiruvlaridan so‘ng kamida to‘qqiz kishida virus aniqlangan.
Shifokorlarning aytishicha, koronavirusning ushbu shtammi past virulentlikka ega. Vaziyat tashvishga sabab bo'lmaydi. Kasallanganlarning barchasi xorijda bo‘lib qaytgan.
Mamlakatda muntazam ravishda tahlillar va testlar o'tkaziladi.







