Venetsiya YUNESKOning roʻyxatiga kiritilmadi
Ammo ekspertlar shahar xavf ostida, deb hisoblaydi.

Venetsiya YUNESKOning yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan Jahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilmadi, deb xabar bermoqda Reuters.
Biroq YUNESKO shahar va lagun orollarini himoya qilish uchun qo'shimcha harakatlar zarur deb hisoblaydi.
Italiya madaniyat vaziri Gennaro Sangiulianoning so‘zlariga ko‘ra, shaharni ro‘yxatga qo‘shish obyektiv faktlarga asoslanmagan asossiz qadam bo‘lar edi. Chunki Venetsiya xavf ostida emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, YUNESKO Italiyaning mintaqa muammolarini suv toshqinidan himoya qilish tizimi bilan hal qilishga urinishlarini olqishlaydi.
Ilgari ekspertlar Venetsiyani xavf ostidagi Jahon merosi obyektlari ro'yxatiga kiritishni maslahat berishgan. Mutaxassislarning fikricha, shahar infratuzilmasining rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi oqibatlari, shuningdek, ommaviy turizm shaharning o‘ziga xos umumbashariy qadriyatiga tahdid solmoqda.







