Italiyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Uning dvigateliga qush kirib qolgan bo‘lishi mumkin.

Italiyada Aermacchi MB-339-PAN qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi.
Qayd etilishicha, samolyot balandlikni yo‘qotgan, keyin esa yerga qulab, bir nechta mashinaga borib urilgan. Uchuvchi so‘nggi lahzada qutulib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Mashinalardan birida bir oila bor edi. Besh yoshli qizaloq vafot etdi, uning 12 yoshli katta akasi esa og‘ir kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Bolalarning otasi va onasi ham kasalxonaga yuborilgan.
Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, halokatning ehtimoliy sababi samolyot dvigateliga qushning kirib qolishi bo‘lishi mumkin, tergov davom etmoqda.







