Kim Chen In va Shoygu harbiy hamkorlikni muhokama qildi
KXDR rahbarining Rossiya bo‘ylab safari davom etmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi.
Vladivostokda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kim hamda Shoygu ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasida strategik va taktik muvofiqlashtirish, hamkorlik va almashinuvni yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning milliy mudofaasi va harbiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi amaliy masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Hamkorlik tafsilotlari oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Rossiya bo‘ylab sayohatini va mamlakat qurollari bilan tanishishni davom ettirmoqda. Shanba kuni unga MiG-31 samolyoti va «gipersonik» deb ataladigan Kinjal aeroballistik raketasi ko‘rsatildi.







