O'zbekiston

Qo‘qonda kilosi 3,5 ming dollarlik “oltinli” osh damlanayotgani aytildi

Musulmonlar idorasi Fatvo markazi bunga munosabat bildirdi.

Qo‘qonda kilosi 3,5 ming dollarlik “oltinli” osh damlanayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda 1 kilosi 3 500 AQSH dollari bo‘lgan “oltinli” osh damlanayotgani aytilgan videolar tarqalmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bunga munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, oltinni o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish Islom dinida durust emas.

 

“Aslida oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish sharʼiy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan.

 

Shuningdek, oltin va kumushdan yasalgan idishlarda taomlanish va ichish ham joiz emas.

 

Ulamolarimizning so‘zlariga ko‘ra, bu qaytariqning sababi oltin va kumush idishlarda yeb-ichish kibr hamda faxrga olib boradi va faqir insonlarning ko‘nglini sindiradi. Ushbu salbiy sifatlar oltinni idish sifatida ishlatgandan ko‘ra oltinni isteʼmol qilishda ko‘proq topiladi. Bu esa o‘z navbatida inson qalbidagi bandalik sifatini  yo‘qolishiga sabab bo‘ladi”, – deyiladi munosabatda.

 

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"