“Al-Qoida” terrorchilik guruhi Fransiya va Shvetsiyaga tahdid qilmoqda
Og‘zaki ogohlantirishlar bu ikki davlatga yetarli bo‘lmayotgani sababli, jangarilar ularga faqat hujum qilishni rejalashtirgan.

Fransiyaning nufuzli Le Figaro nashrining yozishicha, “Al-Qoida” terrorchilik guruhi Fransiya va Shvetsiyaga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nashrga ko‘ra, guruh jangarilari Shvetsiyani "islomga qarshi urush" olib borayotganlikda ayblagan. “Al-Qoida” Parijdagi vazirliklarga hujum qilish va Shvetsiya elchixonasini buzib tashlash bilan tahdid qilmoqda. Nashrning bildirishicha, og‘zaki ogohlantirishlar Shvetsiya va Fransiyaga yetarli bo‘lmayotgani sababli, jangarilar ularga faqat hujum qilishni rejalashtirgan.
Mutaxassislar bu tahdidlar Shvetsiyada Qurʼonni qayta-qayta yoqilishi bilan bog‘liqligini aytmoqda.







