Erdog‘an Maskdan Turkiyada Tesla zavodini ochishni so‘radi
Turkiya prezidenti Nyu-Yorkda amerikalik tadbirkor bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Turkiya prezidenti Nyu-Yorkda tadbirkor bilan uchrashdi. Turkiya rahbari Turkiyaning kosmik dasturi doirasida mamlakatning SpaceX bilan hamkorligi potensial rivojlanishini taʼkidladi va Maskni sentyabr oyi oxirida Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadigan texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Qayd etilishicha, prezident Maskga Turkiyani raqamlashtirish konsepsiyasi va sunʼiy intellekt sohasidagi milliy strategiyasi haqida ham gapirib bergan.







