Jahon

Diqqat, Nipah virusi!

Kasallik qachon, qayerda va qanday paydo bo‘ldi?

Diqqat, Nipah virusi!

 

Hindiston hukumati Kerala shtatida tobora avj olib borayotgan Nipah virusi tarqalishini to‘xtatish uchun ommaviy sinovlarni joriy qildi. Shtatda hozirgacha besh kishi, jumladan, bir bola kasallikdan halok bo‘lgan. Rasmiylar, shuningdek, jamoat yig‘ilishlarini cheklab qo‘ydi, maktablar va idoralar vaqtincha yopildi.

 

Virus deyarli ikki million aholi istiqomat qiladigan Kojikodi shahrida aniqlangan. Rasmiylar aholini qo‘rqmaslikka, karantin qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda. Davlat keng ko‘lamli sinovlar va bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni qattiq izolyatsiya qilish orqali bir necha hafta ichida oldingi guruh kasalliklarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Nipah o‘zi nima? Nipah — hayvonlardan yuqadigan, ammo jiddiy virusdir. Kasallik isitma, qusish va o‘tkir nafas olish belgilariga olib kelishi mumkin. Og‘ir holatlarda ensefalit — miyaning yallig‘lanishi va komaga olib kelishi mumkin.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, virusdan o‘lim darajasi 40-75 foizni tashkil qiladi. Yuqori o‘lim darajasi infeksiyaga qarshi vaksina yo‘qligi bilan bog‘liq va kasallikning anʼanaviy davolanishi faqat qo‘llab-quvvatlovchi yordamni o‘z ichiga oladi.

 

Nipah epidemiyasi ilk bor 1998 yilda Malayziya va Singapurdagi cho‘chqa fermerlari orasida tarqalgan. Virus aniqlangan qishloq sharafiga nomlangan.

 

Virusni ko‘rshapalaklar oilasi vakillari, itlar va tulkilar olib yuradi. Inson uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu hayvonlardan yoki ular tekkan mevalarni isteʼmol qilish orqali yuqtirishi mumkin. Infeksiyani kasal odamdan ham yuqtirib olish mumkin.

 

Olimlar ko‘rshapalaklardan mutatsiyaga uchragan shtamm paydo bo‘lishidan qo‘rqishadi. Umuman olganda, Nipah virusi kamdan-kam uchraydi, ammo JSST virusni Ebola, Zika va COVID-19 bilan bir qatorda global epidemiyaga olib kelishi mumkinligi sababli birinchi navbatda tekshirishga loyiq kasallik sifatida qayd etdi.

 

1998 yilda Nipah virusini Malayziyada 300 ga yaqin odam yuqtirgan, 100 dan ortiq mahalliy aholi  u sabab vafot etgan. O‘shanda virusni yo‘q qilish uchun bir million cho‘chqa yoqib yuborilgan.

 

Shu yil virus Singapurga ham tarqaldi, u yerda Malayziyadan olib kelingan cho‘chqalar so‘yish fermasidagi ishchilari orasida 11 ta holat va bitta o‘lim qayd etilgan. Bangladesh va Hindiston 2001 yilda birinchi avj olish haqida xabar berishgan.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, 1998 yildan 2015 yilgacha Nipah virusi bilan kasallangan 600 dan ortiq holat qayd etilgan.

 

JSSTning xabar qilishicha, oxirgi 20-30 yil ichida hayvonlardan odamga yuqadigan kasalliklar soni ortdi. Birinchidan, sanoat dehqonchiligi hayvonlar orasida patogenlarning tarqalish xavfini oshiradi. Ikinchidan, o‘rmonlarni kesish yovvoyi tabiat, uy hayvonlari va odamlar o‘rtasidagi aloqani kuchaytiradi.

 

Olimlarning ogohlantirishicha, iqlim inqirozi zoonoz kasalliklar xavfini ham oshirmoqda, 50 yil ichida 15 000 ta virus turlari o‘rtasida mutatsiya bo‘lishi mumkin.

custom img

NATO Ukraina uchun 70 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketini muhokama qilmoqda

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi 7–8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitining asosiy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda.

custom img

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun noqonuniy Shengen vizalari olib berishda gumonlangan guruh fosh etildi

Tergov markazida asosan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan va xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan guruh turibdi.

custom img

Livan prezidenti Eronni mamlakatdan “savdolashuv vositasi” sifatida foydalanayotganlikda aybladi

U Livan xalqining urushlardan charchaganini ta’kidlab, mintaqada barqarorlikka erishish uchun diplomatik yechimlarni afzal ko‘rishini bildirdi.

custom img

Si Szinpin uyg’urlar yurtida harbiy baza qurmoqda

Xitoy Markaziy Osiyoga yaqin hisoblangan, uyg‘urlar yashaydigan hududda yangi harbiy baza qurmoqda. Tahlilchilarning fikricha, Xitoy bu bazada yadro dasturini himoya qilish va javob qaytarish tizimidan faol foydalanmoqchi. Mazkur baza 6 yil davomida qurilgan. Shuningdek, Xitoyning Markaziy Osiyodagi bir davlatda ham harbiy baza qurgani aytiladi.

custom img

AQSh va Eron yana bir-biriga zarba berdi

Eron AQSh harakatlariga javoban mintaqadagi “dushman bazalari”ga raketa hujumi uyushtirganini bildirdi.

custom img

Xomanaiy Tramp bilan uchrashmaydi

Tehron AQSH prezidenti  bilan Eron oliy rahbari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

custom img

Sankt-Peterburgga dronlar hujumi uyushtirildi

Gubernator aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, mobil internet uzilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv va kechki ovqat sabab Zelenskiyning xatini o‘qishga ulgurmadim — Putin

Rossiya prezidenti kecha Zelenskiyning murojaati bilan tanishganini ma’lum qilib, boshqa davlatlar muzokaralarda faqat kafil sifatida ishtirok etishi mumkinligini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"