Fransiyada 6 kishi issiqdan halok bo‘ldi
Ular uzum terayotgan ishchilar edi.

Fransiyada uzum terimi davridagi jazirama tufayli 6 kishi halok bo‘ldi. Shundan so‘ng baʼzi hududlarda ish vaqtini ob-havo sharoitlariga moslashtirgan holda o‘zgartirishga ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, og‘ir mehnat sharoitlari bilan bir qatorda o‘zgaruvchan ob-havo ham hosilga katta taʼsir ko‘rsatdi. Vinochilar bu qisqa muddatga mavsumiy ishchilarni yollashadi. Vino zavodi sentyabr oyining g‘ayrioddiy issiq kunlari tufayli ish vaqtini moslashtirdi. Tushda dam olish uchun ular tong otguncha yig‘ishni boshlaydilar.







