Kot-d‘Ivuarda nomaʼlum kasallik tarqalmoqda
Oqibatda hozirgacha 7 kishi vafot etdi.

Kot-d‘Ivuarda kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan kasallik tufayli 7 kishi vafot etdi, 59 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Shifoxonaga yotqizilganlarning aksariyati bolalarni tashkil etadi.
Qurbonlari besh yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Kasallikning belgilari qusish va diareya hisoblanadi.
Yanvar oyida Kot-d‘Ivuar markazidagi qishloqda kamida 12 nafar bola noaniq kasallikdan vafot etgani xabar qilingan edi.







