Jahon

"Barcha muqaddas kitoblar vandalizmdan qonuniy himoyalangan bo‘lishi kerak"

Qozog‘iston prezidenti BMT minbarida Qurʼonning yoqib yuborilishi yuzasidan bayonot berdi.

"Barcha muqaddas kitoblar vandalizmdan qonuniy himoyalangan bo‘lishi kerak"

 

BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlagan Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qurʼonning yoqib yuborilishi yuzasidan fikr bildirdi.

 

“So‘nggi paytlarda muqaddas kitoblarga hurmatsizlik holatlari kuzatilmoqda. Biz bu vaziyatdan xavotirdamiz. Islom va boshqa dinlarga qarshi bunday harakatlardan erkinlik, so‘z erkinligi va demokratiya ramzini ko‘rib bo‘lmaydi. Qurʼoni Karim kabi barcha muqaddas kitoblar vandalizmdan qonuniy himoyalangan bo‘lishi kerak”, — dedi u.

 

Shu bilan birga, Davlat rahbari Qozog‘iston kelgusi yil Kelajak sammitida yordamchi rol o‘ynashini taʼkidladi.

 

“Biz Bosh kotib tomonidan taklif etilgan “Yangi tinchlik kun tartibi”ni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu strategik hujjat dunyoda keng tarqalgan ishonchsizlik va nafratga qarshi turishi kerak. Qozog‘iston kelgusi yil Kelajak sammitida Kelajak paktining qabul qilinishida konstruktiv va qo‘llab-quvvatlovchi rol o‘ynaydi. Ammo tinchlik faqat qurolni taqiqlash yoki deklaratsiya imzolash bilan bo‘lmaydi. Dinlararo va konfessiyalararo muloqot tinchlik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi”, – dedi To'qayev.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Barcha muqaddas kitoblar vandalizmdan qonuniy himoyalangan bo‘lishi kerak" | Zamon.uz