Jahon

Liviyada norozilik sifatida merning uyi yoqib yuborildi

O‘tgan hafta Derna shahrida halokatli suv toshqini oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 11 mingdan ortdi, yana 10 mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan.

Liviyada norozilik sifatida merning uyi yoqib yuborildi

 

Liviyaning Derna shahrida o‘tgan hafta yuz bergan halokatli suv toshqiniga rasmiylar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagani uchun yuzlab namoyishchilar shahar merining uyini yoqib yubordi. 

 

Namoyishchilar dushanba kuni kechqurun shahardagi Sahoba masjidi oldida to‘planib, ko‘pchilik Liviya hukumatining yuqori amaldorlarini ishdan bo‘shatishga chaqirgan. Natijada, Derna shahar kengashi tarqatib yuborildi.

 

Internet va mobil aloqa bloklangan va ommaviy axborot vositalariga to‘sqinlik qilish maqsadida jurnalistlarga mamlakatni tark etishga buyruq berilgan.

 

Ikki eski va vayronaga aylangan to‘g‘on qulab, shaharni suv bosganidan keyin 10 mingdan ortiq odam rasman bedarak yo‘qolgan.

 

BMT xabariga ko‘ra, Tashkilot guruhlaridan biriga shaharga kirishga ruxsat berilmagan.

 

"Biz voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari, tez tibbiy yordam guruhlari va Dernada bo‘lgan BMT hamkasblarimiz ishlashda davom etayotganini tasdiqlashimiz mumkin", — dedi tashkilot vakili.

 

Namoyishchilarning fikricha, shahar hokimiyati ularni katta miqdorda yomg‘ir kutilayotgani haqida ogohlantirmagan.

 

Uzoq yillik rahbar Muammar Qaddafiy ag‘darilganidan keyin hokimiyat uchun kurash natijasida parchalanib ketgan Liviyada hozirda ikkita hukumat mavjud. Biri Tripolida, ikkinchisi esa mamlakat sharqida general Xalifa Xaftar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Liviyada norozilik sifatida merning uyi yoqib yuborildi | Zamon.uz