"Tuman va qishloqlarga odamlar nomini berishni to‘xtatishimiz kerak"
Qirg‘izistonlik deputat geografik nomlar o‘rniga odamlarning ismlarini qo‘llashni to‘xtatishni taklif qildi.

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh yig‘ilishida deputat Janar Akayev geografik nomlar o‘rniga odamlarning ismlarini qo‘llashni to‘xtatishni taklif qildi.
Deputat puli borlar otasining ismini ko‘cha va qishloqlar nomlariga qo‘yayotganini aytdi.
“Qanchalik ulug‘ inson bo‘lmasin, tuman va qishloqlarga odamlar nomini berishni to‘xtatishimiz kerak. Hozir hamma shu tufayli raqobatlashmoqda. Bitta maktab qurilayotgan bo‘lsa, to‘rt kishi o‘z otasining ismini bermoqchi. Agar ular haqiqatan ham xalqqa xizmat qilgan bo‘lsa, ulug‘ bo‘lgan bo‘lsa, ular haqida hujjatli filmlar suratga olinishi, kitoblar yozilishi kerak”, — dedi xalq deputati.
Shuningdek, u “Geografik nomlar to‘g‘risida”gi qonun yerlarga odamlar nomini berishni taqiqlashini qo‘shimcha qildi.







