Bayrutdagi AQSH elchixonasiga hujum uyushtirildi
Bu voqea 1984-yil 20-sentabrda AQSH elchixonasiga bomba o‘rnatilgan avtomobil hujumining 39 yilligiga to‘g‘ri kelgan.

Livan matbuotining xabar berishicha, poytaxt shimolida joylashgan Bayrutdagi AQSH elchixonasi binosiga qurolli hujum uyushtirilgan.
Otishma natijasida bir nechta o‘q binoning asosiy darvozasiga va uning oldidagi avtoturargohda turgan mashinalarga tekkan.
Hujumda qanday qurol ishlatilgani, qurbonlar yoki yaradorlar bor-yo‘qligi haqida maʼlumot berilmagan.
Elchixona ham hozircha hujum yuzasidan bayonot bermadi.
Eʼtiborlisi, bu voqea 1984-yil 20-sentabrda AQSH elchixonasiga bomba o‘rnatilgan avtomobil hujumining 39 yilligiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda terrorchilar Bayrut xalqaro aeroporti yonidagi Xaldadagi dengiz piyodalarining shtabiga hujum qilgan. Oqibatda, 241 piyoda askar halok bo‘lgan.







